Webster haqida | Webster University

Webster haqida o'zbek tilidagi ma'lumot

Biz haqimizda

Vebster universiteti - O‘zbekistondagi birinchi Amerika universiteti. Biz talabalarni dunyo fuqarolariga aylantiramiz va shu bilan birga shaxsiy yutuqlarga hamda o‘zini takomillashtirishga bo‘lgan intilishni rivojlantiradigan sifatli ta'lim berishga intilamiz. Universitetda malakali xorijiy hamda mahalliy professor-o‘qituvchilar bilim berishadi, barcha mahalliy professor-o‘qituvchilarimiz xorijiy universitetlarda magistrlik yoki doktorlik ilmiy darajalariga ega.

Ko‘p yillik xalqaro tajriba tufayli biz 60dan ortiq filiallarimizda o‘qitish sifatini kafolatlaymiz. Vebster universitetining bosh kampusi AQShning Missuri shtati, Sent-Luis shahrida 1915 yilda tashkil etilgan bo‘lib, talabalar, bitiruvchilar va o‘qituvchilarning global tarmog‘iga ega. Xususan, AQSh, Yevropa, Osiyo va Afrika qit‘alarida bizning filiallarimiz mavjud.

Toshkentdagi Webster universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2019 yil 20 martdagi 4245-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Universitet tomonidan berilgan diplomlar xalqaro miqiyosda hamda O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta'lim to‘g‘risidagi tan olingan hujjatdir.

Bakalavriyat ta'lim yo‘nalishlari (Undergraduate Programs):

  • Biznes boshqaruvi fanlari bakalavri (Bachelor of Science in Business Administration)
  • Media fanlari bo‘yicha bakalavr (Bachelor of Arts in Media Studies)
  • Iqtisodiyotda san'at bakalavri (Bachelor of Arts in Economics)
  • Axborot tizimlari boshqaruvi fanlari bakalavri (Bachelor of Science in Management Information Systems)
  • Xalqaro munosabatlar fanlari bakalavri (Bachelor of Arts in International Relations)

Qabul jarayoni

Biz bakalavriyat ta‘lim yo‘nalishlariga yiliga ikki marta, ya‘ni - Kuz 2020 (dars jarayonlari Avgust oyining oxiridan) va Bahor 2021 (Yanvar oyining boshidan) semestrlariga abituriyentlarni qabul qilamiz.

2020 yil Kuzgi semestrga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirishning oxirgi sanasi - 31 iyul. Shuningdek, boshqa universitetlardan talabalarni Vebster universitetiga o‘qishni ko‘chirib o‘tkazish imkoniyati ham mavjud va ularning hujjatlari ham ko‘rib chiqiladi.

Vebster universiteti qabul qilinishi kerak bo‘lgan talabalar soni aniq emas, ya‘ni kvota yo‘q. Biz barcha murojaat etuvchilarga onlayn hujjatlarni topshirishlarini tavsiya etamiz.

Bakalavriatga qanday kirish mumkin?

Vebster universiteti kirish imtihonlarini o‘tkazmaydi. Barcha kerakli bilim va ko‘nikmalar talabalarga o‘qishning birinchi yilida berilganligi sababli, biz har bir murojaat etuvchining maktabdagi baholari va xalqaro ingliz imtihonlari ballari asosida qaror qabul qilamiz.

Vebster universitetiga kirish uchun barcha arizalar onlayn tarzda www.webster.edu/apply elektron manzilidagi portal orqali yuboriladi. Portalda shaxsiy profil yaratish, elektron shaklni to‘ldirish (*Iltimos, faqat Pasportdagi Ingiliz tilida keltirilgan ma‘lumotlarni kiriting) va quyidagi xujjatlar yuklash zarur:

(1) Vebster universiteti ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi quyidagi test natijalarni tan oladi:

  • IELTS (eng kam bal - 6.0) 
  • TOEFL iBT (eng kam bal - 80)
  • Duolingo English Test (eng kam bal - 120) *
  • LanguageCert (eng kam daraja - C1) *
  • IELTS Indicator (eng kam bal - 6.0) *

*Muhim: ushbu imtihonlardan so‘ng siz semestr boshlanishidan oldin universitetda ingliz tilidan bepul test topshirishingiz kerak bo‘lishi mumkin.

(2) O‘rta ma‘lumotni tugatganligi to‘g‘risidagi Guvohnoma (Attestat yoki Diplom).

(3) Pasport nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi shart. Agar hujjatlaringiz asl nusxlari ingliz tili bo‘lmasa, iltimos, ingiliz tiliga rasmiy tarjima va notarial tasdiqlangan nusxalarini taqdim eting.

Qabul komissiyasining qarori 14 kun ichida elektron pochta orqali yuboriladi.

To‘lov kontrakt miqdori

Bakalavr ta‘lim dasturlari uchun bir yillik to‘lov kontrakt miqdori (2020 yil Kuzgi semestr uchun) 3500 AQSH dollarni tashkil etadi. To‘lov kontrakt miqdori O‘zbek so‘mida, to‘lov kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy Banki kursi bo‘yicha to‘lanadi.

Biz bilan bog‘laning

Murojaat uchun telefonlar: 71 241 33 00, 71 241 41 58.

Ish kunlari Dushanbadan Jumagacha,  9:00 dan 18:00 gacha.

Shuningdek, bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: